Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

„Germaniyaning zamonaviy arxitekturasi“ mavzusidagi rasmlar tanlovi

Malwettbewerb-2019

Malwettbewerb-2019, © Deutsche Botschaft Taschkent/Rafikabonu Hakimova

13.02.2019 - Maqola

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi Sizni „Germaniyaning zamonaviy arxitekturasi“ mavzusidagi rasmlar tanlovida ishtirok etishga taklif qiladi.

Berilgan mavzuda rangli bo´yoqlar yoki qalamlar bilan A3 formatida rasmni chizing (uning orqa tarafida rasmning nomini yozing) va albatta chizgan rasminigizga 2-3 gapdan iborat izoh yozing.

Tanlov ikki toifada bo’lib o’tadi: 4 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan ishtirokchilar va 13-21 yoshdagilar.

O´z ishlaringizni yaxshi sifatda (max. 4 MB) elektron tarzda  va / yoki pochta orqali elchixona manziliga ism –familiyangiz, yoshingiz, o´qish joyingiz, mobil telefon raqamingiz yoki elektron pochta manzilingiz ko’rsantgan holda yuboring.

O’z tasavvuringiz, fantaziyangizni hosil qilishda chegara bo’lmasin!

Bizning tanlovda qatnashishingiz orqali Siz va ota-onangiz tanlovga yuborgan rasmlaringizni keyinchalik elchixona tomonidan ommaviy tarzda ishlatilishiga roziligingizni bildirgan bo´lasiz.

Yuborilgan rasmlardan 53-ta eng yaxshilari 2020 yil ish stoli kalendarini ishlab chiqishda foydalaniladi. Ushbu 53 rasm orasidan  har kategoriyadan 3 eng yaxshisi tanlab olinib, mukofotlanadi.

Rasmlarni 2019 yil 30 aprelgacha mazkur elektron pochta manziliga:

ku-101@tasc.diplo.de

yoki pochta orqali quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin:

100017 Toshkent shahar

Sharof Rashidov ko´chasi 15

Germaniya Federativ Respublikasi elchixonasi

Sahifa boshiga qaytish