Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Avval berilgan Germaniya milliy vizalaridan (D-viza) foydalanish/ yangi viza berish

EU-Schild - Passkontrolle

Passkontrolle, © picture alliance / ZB

11.05.2020 - Maqola

COVID-19  koronavirus kasalligi kirib kelishini oldini olishga qaratilgan choralarni davom ettirish maqsadida uchinchi davlatlardan Germaniya Federativ Respublikasi hududiga barcha o'ta zarur bo'lmagan safarlar uchun o'rnatilgan amaldagi  kirish cheklovlari sababli ayrim holatlarda Elchixona tomonidan berilgan milliy vizadan uning amal qilish muddati mobaynida foydalanish imkoniyati bo'lmasligi mumkin. Mamlakat hududiga kirish imkoniyati qayta tiklanishi bilan maskur holat taaluqli bo'lgan barcha arizachilarga yangi viza berish uchun iloji boricha tezkor va yengillashtirilgan jarayon o'rnatish maqsad qilingan. Buning uchun faqat safar muddati o'zgarishi, ammo safar maqsadi hamda safar amalga oshiriladigan manzil o'zgarmasligi sharti qo'yiladi. Kirish imkoniyati tiklanishi bilan Elchixona qisqa vaqt ichida qilinishi lozim bo'lgan xatti-harakatlar borasida ma'lumot taqdim etadi.

Sahifa boshiga qaytish