Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Viza so'rovnomalarini qabul qilish bo'yicha ma'lumot 

Koffer für die Reise

Sayohat uchun chamadon, © colourbox

18.06.2020 - Maqola

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi viza bo'limi 2020-yilning 22-iyun, dushanba kunidan boshlab qisman ochiladi. Amaldagi cheklovlar sababli, arizalarni qabul qilish faqat ba'zi toifadagi arizalar uchun amal qiladi.

Hozirgi paytda faqat D vizasi, ya’ni davomli vizaga (milliy viza) arizalar qabul qilinadi va ko’rib chiqiladi.

2020-yil 22-iyundan boshlab D vizasi (milliy vizalar) quyidagi toifalarda qabul qilinishi va ko'rib chiqilishi mumkin:

  • oilani birlashtirish
  • oliy ta'lim olish uchun
  • quyidagi ish toifasidagi mutaxassislar: 
  1. mehnat shartnomasi bo'yicha mutaxassislar (§18 (3), 18a, 18b AufenthG)
  2. olim / tadqiqotchi (§18d AufenthG)
  3. ish safari (§19 (1) ga muvofiq, BeschV § 10 bilan birgalikda) va AKT menejerlar va mutaxassislar bilan cheklangan (§19 (2), 19b AufenthG).
  4. rahbarlar (§19c (1) BeschV § 3 bilan birgalikda)
  5. IT mutaxassislari (19c, 2 AufenthG BeschV § 6 bilan birgalikda)
  6. ma'lum bir jamoat manfaati uchun bandlik (§ 19c (3) AufenthG)

Germaniya elchixonasi shuni eslatib o’tadiki, vizaga oid arizalar quyidagi toifalar uchun ham qabul qilinmaydi:

  • enaga (Au-pair)
  • ijtimoiy yil (FSJ)
  • amaliyot

Bundan tashqari, Shengen vizasiga oid muntazam arizalar qabul qilinmaydi va ko'rib chiqilmaydi.

Yuqorida keltirilgan toifadagi arizachilardan quyidagi havola orqali hujjat topshirishga yozilish so'raladi:

Milliy vizaga hujjat topshirish uchun elektron ro'yxatdan o'tish tizimi

Hujjat topshirishga oldindan yozilgan arizachilarga avtomatik ravishda yangi uchrashuv tayinlanishiga e'tibor bering. Siz qaytadan uchrashuvga yozilishingiz shart emas.

Elchixona binosida umumiy gigiyena qoidalariga, xususan niqob taqish talablariga va masofani saqlash qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz.

Sahifa boshiga qaytish