Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Fransiya va Germaniya elchilari qo'shma bayonoti

- Maqola

Xalqaro muloqot orqali o'sish va barqarorlikni ta’minlash - Fransiya va Germaniyaning Yevropadagi, shuningdek, O'zbekiston va Markaziy Osiyodagi yondashuvi.

Fransiya elchisi Violen de Vilmor va Germaniya elchisi Gyunter Overfeld
Fransiya elchisi Violen de Vilmor va Germaniya elchisi Gyunter Overfeld© Fransiya va Germaniyaning O'zbekistondagi elchixonalari

Fransiya va Germaniya bugun fransuz-nemis do‘stligi va hamkorligining 56 yilligini nishonlamoqda. Bu yaqin aloqalar bugungi kunda xalqlar o‘rtasidagi yarashuv uchun asos, qarama-qarshiliklarni muloqot orqali hal qilish uchun yo‘l bo‘lib xizmat qilmoqda. Yevropa hissi va barqaror tinchlik qit’amizda bu ikki xalqning urinishlari tufayli o‘rnatilgan. So‘nggi o‘n yilliklar ichida biz birgalikda Yevropaning buyuk vakillari, jumladan, Erazm, Gyote, Viktor Gyugo, Stefan Tsveyg va Shumanning orzularini haqiqatga aylantirdik. Biroq, Fransiya va Germaniya o‘rtasidagi tarixiy yarashuvga katta hissa qo‘shgan Yelisey bitimining 1963-yilda imzolanishi ko‘pchilik ishonmagan ulug‘vor qadam bo‘lgan.

 Fransiya – Germaniya juftligi tomonidan amalga oshirilgan aniq ishlar 56 yil o‘tib, butun dunyo tomonidan, shuningdek, O‘zbekistonda ham tan olinmoqda, masalan, O‘zbekistonda o‘z o‘rnini topgan Airbus kompaniyasi, O‘zbekistonning turistik va madaniy boyliklari haqida bir nechta hujjatli filmlarni ishlagan Arte fransuz-nemis telekanali.

Bugun Fransiya va Germaniya o‘zaro hamkorlikning yangi sahifasini ochmoqda. Terrorizm, iqlim, axborot xavfsizligi va sun’iy intellekt inqilobi, qishloq xo‘jaligidagi o‘zgarishlar kabi ko‘plab dunyo miqyosidagi masalalar xalqaro muloqotni yangi darajaga olib chiqishga undamoqda. Fransiya – Germaniya muloqoti Yevropa ittifoqini birlashtirib turgan muloqotni rivojlantirishga hissa qo‘shadi. 2019-yil 22-yanvar kuni kansler Angela Merkel va prezident Emmanuel Makron Axen shahrida bundan 56 yil avval imzolangan bitimni to‘ldiruvchi yangi bitimni imzolaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarama-qarshiliklarni bartaraf etish hamda muloqot va barcha sohalarda (iqtisodiyot, infratuzilma, gumanitar, diplomatiya, madaniyat) hamkorlikni rivojlantirish orqali mintaqaviy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘p jihatdan Fransiya – Germaniya, umuman, butun Yevropa yondashuvini eslatuvchi tashqi siyosatni olib bormoqda. U Yevropaga o‘zining dastlabki tashriflarini amalga oshirish uchun 2018-yil oktabrda Parij va 2019-yil yanvarda Berlinni tanladi. O‘zbekiston o‘zining tashqi siyosati doirasida tinchlik, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik yo‘lida ish olib borayotgan bir paytda mazkur tashriflar o‘zbek, nemis va fransuz xalqlari uchun hamkorlik va do‘stlik aloqalarining qudrati ramzi hisoblanadi.

Sahifa boshiga qaytish