Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts

Federal tashqi ishlar vaziri Xayko Maasning 2018 yil 3 oktyabr - Germaniya Birdamligi kuniga bag’ishlangan tabrik so’zi

Heiko Maas

Heiko Maas, © AA

Maqola

28 yil muqaddam Germaniya birlashdi va o’shandan beri demokratiya va ozodlik sharoitida yashamoqda.  Sal kam 30 yil  oldin, mamlakat, sovuq urush natijasi bo’lgan siyosiy bo’linishni yengib chiqdi. Eng avvalo Sharqiy Germaniya fuqarolarining jasorati Sharq va G’arb o’rtasidagi devorni buzib tashladi. Albatta, o’sha davr voqealariga hamkor mamlakatlar ham o’zining katta hissasini qo’shishgan. Birlashgan Germaniya Evropada tinch va ijobiy rivojlanishiga ularning ishonchi bo’lmaganda, Germaniya birlashuvi amalga oshmas edi.

Bu yil ko’pchilik davlatlar bizga yana ishonch bildirdi. Iyun oyida 180 dan ortiq davlat tomonidan  Germaniya BMT Xavfsizlik Kengashining muvaqqat a’zosi sifatida ikki yilga tanlandi. Dunyo hamjamiyatining ishonchi –biz uchun hamkorlarimiz bilan birgalikda bor kuchimiz bilan dunyoda tinchlik va xavfsizlik o’rnatishga yordam beradi.

Haqiqiy multilateralizm kuchlilar huquqini mustahkamlash emas,  aksincha, barchaga adolatli sharoit yaratishi lozim. Multilateralizm haqqi barcha uchun ochiq alyans biz uchun ushbu maqsadga birgalikda erishishda platforma bo’ladi.

21 asrda dunyoda o’zaro bog’liqlikning o’sishi bizdan tarqoqlikni bartaraf etishni talab etadi. Butun dunyoda millatchilik va populistik tendensiylar tarqalishining kuchayishiga qaramasdan, ularga qarshi kurashish kerak va mumkin. 1980 yillarning o’rtalarida bo’lingan Germaniyada kamdan kam odam Berlin devorining qulashiga ishongan, lekin bu devor bir necha yildan keyin baribir quladi.

Bugun Evropa Ittifoqi bo’yicha hamkorlarimiz bilan birgalikda biz butun dunyoda nizo va kelishmovchiliklarni bartaraf etish, xalqaro inqirozlar va mojarolarni tinchlik yo’li bilan hal qilish, hamda inson huquqlari va huhuqiy davlat prinsiplarini ilgari surish ustida ishlamoqdamiz.

Germaniya birlashuvidan olingan saboqlardan biri, haqiqiy taraqqiyotga yakkalikda erishib bo’lmaslikni anglashdan iborat. Bugun va kelajakda - biz bir-birimizga muhtojmiz va shunday bo’lgani ham yaxshi.

Sahifa boshiga qaytish